Shuhrat Abbosov

Shuhrat Abbosov – oʻzbek aktori, rejissori va ssenariy yozuvchisi. Abbosov oʻzbek kino sanʼatining asoschilaridan biri hisoblanadi. Abbosov shu kungacha bir qancha nufuzli unvon va mukofotlarni olgan. U Oʻzbek SSR xalq artisti, SSRI xalq artisti va Mehnat qahramoni unvonlarini olgan. Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1960) filmi eng yaxshi oʻzbek filmlaridan biri hisoblanadi.

Shuhrat Abbosov 1931-yil 16-yanvarda Qoʻqonda tugʻilgan. 1949-yil Toshkent tibbiyot kasb-hunar bilim yurtini bitirgan. 1954-yil Aleksandr Ostrovsky nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutini bitirgan. Shu institutda professor (1983-yildan), kafedra mudiri (1991-yildan) boʻlib ishlagan. 1954-1956-yillarda Mannon Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyoʻlda) bosh rejissor boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Moskvaga borib Mosfilmda ham tahsil olgan. Abbosov 1958-1991-yillar „Oʻzbekfilm“da rejissor boʻlib ishlagan, 1982-1986-yillarda direktor boʻlib ishlagan. Abbosov 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston kino arboblari birlashmasining rais muovini boʻlib ishlagan. 2018-yil 25-aprelda buyrak yetishmovchiligi tufayli 87 yoshda vafot etdi

Shuhrat Abbosov bir qancha filmning rejissoridir. U Aleksandr Naumov (II) bilan 1977-yil chiqqan Gʻafur Gʻulomning shu nomli qissasiga asoslanib olingan „Shum bola“ filmiga ssenariy yozgan. „Mahallada duv-duv gap“ kinokomediyasi (1960) ilk yutugʻi boʻldi. Abbosov Ikkinchi jahon urushi yillari ota-onasiz qolgan turli millatga mansub 14 bolani tarbiyalagan toshkentlik Shomahmudov oilasining jasorati haqidagi „Sen yetim emassan“ (1963; Xalqaro kinofestival mukofoti, Frankfurt am Main, 1963), odob-axloq haqidagi „Qalbingda quyosh“ (1965) filmlariga rejissorlik qilgan. „Toshkent - non shahri“ (1967; kino-festival sovrindori, Olmaota, 1973), „[[Sevgi dramasi“ (1971; 5-kinofestival sovrindori, Tbilisi, 1972) filmlari bilan eng yaxshi kinorejissor sifatida tanildi.

Tarixiy-biografik mavzuda „Abu Rayhon Beruniy“ (2 qismli, 1974, 8-kinofestivalning bosh mukofoti, Kishinyov, 1975, Xalqaro kinofestivalning „Oltin Delfin“ sovrindori, Tehron, 1977), „Olovli yoʻllar“ (Hamza hayotiga bagʻishlangan 17 qismli telefilm, 1975-1984), urush yillari front ortidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiluvchi „Katta urushdagi kichik odam“ (1989) filmlari ham mashhur.

Mustaqillik Abbosiv ijodida burilish yasadi. 14 qismli „Kamolot choʻqqisi sari“ hujjatli (1995) va 2 qismli „Otamdan qolgan dalalar“ badiiy (ssenariysini M. Toʻychiyev bilan hamkorlikda yozgan, 1998) filmlarni yaratdi.

Abbosov teatr uchun bir qancha asarlarni sahnalashtirgan. U „Yurak sirlari“ (B. Rahmonov), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Ogʻriq tishlar“ (Abdulla Qahhor) kabi pesalarni sahnalashtirgan.

Shuhrat Abbosov koʻplagan unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1974-yil Abbosov Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1974-yil unga Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti berilgan. Abbosovga 1981-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan. Abbosov 1994-yil „Shuhrat“ medali, 1998-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.


Lotin alifbosida maqola: Shuhrat Abbosov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
KINO SANʼATI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты