Abdukarim Hazratqulov

Abdukarim Hazratqulov (1895 — 1976) — shahrisabzlik kulol, koshinkor usta; ustazoda. Hunarni otasi usta Hazratqul va amakisi usta Rus-tam Egamberdiyevdan oʻrgangan; gʻijdu-vonlik usta Muroddan sopol buyumlarga naqsh ishlash usullarini, meʼ-moriy koshinlar tayyorlashni oʻzlashtirgan. H. Shahrisabz kulolligi anʼanalarini oʻz ijodida davom ettirdi: yengil gulli hoshiya bilan oʻralgan yirik (2—6 ta) aylanalarda "ol-malardan tup (daraxt)" yaratadi; mayin sariq, oq, yashil rang tuslari bilan sopolning tabiiy rangi uygʻunligida joʻshqin, ayni paytda nafis tasvirlar ishlaydi. Ifodalilik hamda shaf-fof yengil oquvchan boʻyoqlar ustaning oʻziga xos uslubini belgilaydi. H. ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: Abdukarim Hazratqulov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAZRATQULOV
AMALIY SANʼAT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Abdurashid Yo'ldoshev, Sarbon guruhi - Shahrisabz
SHAHRISABZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты