Abdulhafiz Jalolov

Jalolov Abdulhafiz Marahimovich — 1993-2002 yillarda Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi.

  • Abdulhafiz Jalolov 1947-yilda Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida, Birlashgan qishlogʻida tugʻilgandi.
  • 1969-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1976-yilda falsafa fani boʻyicha nomzodlik, 1992-yili doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
  • 1971-yildan eʼtiboran ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullangan. ToshDU falsafa kafedrasi oʻqituvchiligidan Falsafa va huquq instituti direktorligigacha (1993-yildan) boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan.
  • 1994-yilda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi birinchi kotibi etib saylangan.
  • 2000-yil yanvarida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida Islom Karimovga yagona muqobil raqib boʻlgandi. Jalolov mazkur saylov payti amaldagi davlat rahbari uchun ovoz berganini bildirgan.
  • 2001-yilda Falsafa va huquq instituti direktorligi, 2003-yilda XDP Markaziy kengashi birinchi kotibligidan ozod etiladi. Shundan soʻng Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oliy pedagogika instituti professori lavozimlarida ishlaydi.
  • Abdulhafiz Jalolov 2019-yil 29-iyul kuni Namangandagi oʻzi tugʻilib-oʻsgan qishloqda dafn etildi.

Lotin alifbosida maqola: Abdulhafiz Jalolov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты