Agadir zilzilasi

1960 yildagi Agadir zilzilasi ― 29-fevral, dushanba kuni mahalliy vaqt boʻyicha soat 23:47 da sodir boʻlgan. Bu Marokash tarixidagi eng halokatli va vayronkor, 5,7 Msh magnitudali zilzila boʻlib, 15 000 ga yaqin odamni (oʻsha paytdagi shahar aholisining uchdan bir qismini) oʻlimiga sabab boʻlgan va yana 12 000 kishi jarohat olgan. Kamida 35 ming kishi boshpanasiz qolgan.

Kasallik tarqalishining oldini olish uchun zilziladan 2 kun o‘tib shahar evakuatsiya qilingan. Marhum qirol Muhammad V ning „Agar Agadir vayron bo‘lishga mahkum bo‘lsa, uning qayta tiklanishi bizning irodamizga bog‘liq“ degan va uning iltimosiga binoan Agadir asl joyidan 3 km janubda qayta qurilgan. Qutqaruv ishlarida Fransiyaning „La Fayette“ aviatashuvchi kemasi ham ishtirok etgan.


Lotin alifbosida maqola: Agadir zilzilasi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты