Adamar Jak

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal – 1963.17.10, Parij) – fransuz matematigi. Fransiya fanlar akademiyasi a’zosi. Mat.ning turli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev qoʻygan "Tub sonlar taqsimlanishining asimptotik qonuni" muammosini hal qilgan. A. hozirgi zamon "Butun analitik funksiyalar nazariyasi"ning yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. Uning differensial tenglamalarga doir ishlari diqqatga sazovor. A. mexanikada ustuvorlik muammolari va muvozanatlik holatiga yaqin holatdagi mexanik tizimlarning trayektoriyalari xossalarining tadqiqi, mat.ni maktabda oʻqitish masalasi bilan ham shugʻullangan. London, Vashington va boshqa mamlakatlar fanlar akademiyaslari faxriy a’zosi.


Lotin alifbosida maqola: Adamar Jak haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ADAMAR
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты