Adele Laurie Blue Adkins (talaffuzi: Adel Lori Blu Adkins; 1988-yil 5-mayida tugʻilgan), Adele mononimi bilan tanilgan ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. 2006-yili doʻsti MySpacega uning demosini ortganidan keyin Adelega XL Recordings studiyasidan shatrnoma taklif etildi. 2007-yili u Brit Awards taʼsis etgan „Munaqqidlar Tanlovi“ va BBC 2008 Ovozi mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Uning 19 deb nomlangan ilk albomi 2008-yili chiqarilib, tijoriy va tanqidiy muvaffaqiyat keltirdi. Bu albom Birlashgan Qirollikda toʻrt, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ikki karra platina sertifikatini oldi. Uning AQShdagi karyerasi 2008-yil oxirlarida Saturday Night Live teletomoshasidagi chiqishidan soʻng yuqorilab ketdi. 2009-yilgi Grammy Awards marosimida Adele Eng Zoʻr Yangi Artist va Eng Zoʻr Ayol Pop Vokal Ijrosi mukofotlarini qozondi.
Adele 21 nomli ikkinchi albomini 2011-yil boshida chiqardi. Bu albom xush qarshilanib, muvaffaqiyati debut albominikidan oshib ketdi.21 Adelega 2012-yili oltita Grammy, shu jumladan Yil Albomi mukofotini keltirib, bir kechada eng koʻp Grammy olgan ayol rekordi oʻrnatildi. Albom shuningdek unga boshqa qator mukofotlarni ham qozonishga yordam qildi. Albom Birlashgan Qirollikda 16 karra platina mavqeʼiga erishdi; AQShda u chart birinchiligini uzoq ushlab turdi.
21 muvaffaqiyati tufayli Adele Guinness rekordlar kitobiga kirdi. U Birlashgan Qirollikda bir yil ichida 3 milliondan oshiq albom sotgan birinchi artistdir. Ikki albomi va 21dagi ikki singli — „Rolling in the Deep“ va „Someone Like You“ bilan Adele UK Official Singles va Official Albums chartlari yuqorisidan bir vaqtning oʻzida besh oʻrin olgan birinchi hayot artist boʻldi (bungacha buni faqat 1964-yili Beatles uddalashgandi).„Set Fire to the Rain“ qoʻshigʻi chiqishi va AQShda uchinchi bora birinchi raqamli singl boʻlishi bilan Adele tarixda Billboard 200 uchta ashula bilan boshlab turgan birinchi artist boʻldi.
2012-yili Adele VH1ning Musiqadagi 100 Eng Buyuk Ayol roʻyxatida beshinchi pogʻonaga qoʻyildi,Time jaridasi esa Adele′ni dunyoning eng taʼsirli odamlariga sirasiga qoʻshdi.