Adham Ochilov

Adham Ochilov (1976-yil 7-aprelda tavallud topgan) — oʻzbek erkin kurashchisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori.

Adham Ochilov 1976-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U 1995-yilda Markaziy Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. Yosh boʻlishiga qaramay Adham 1996-yilda Osiyo chempioni boʻldi va jahon kubogi kumush medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi, ammo Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida u 7-oʻringa tushib qoldi. Erkin kurashchi yana oʻz ustida ishlab, tinimsiz mashq natijasida 1999-yili jahon chempionatining kumush medali, Osiyo chempionatining bronza medali sohibi boʻldi. 

Ochilov 2000-yilda yana Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori va Sidneydagi Olimpiya oʻyinlarida 8-oʻrinni egalladi. 2001-yilda esa jahon kubogi kumush medalini olishga erishdi. 2004-yilda u Osiyo chempioni, 2005-yilda jahon kubogi bronza medalini, 2007-yilda Adham jahon kubogi kumush medali va harbiylar oʻrtasidagi jahon kubogi bronza medalini oldi. 2008-yilda harbiylar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.

  • 1996-yil — „Shuhrat“ medali
  • 2000-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi

Lotin alifbosida maqola: Adham Ochilov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты