Afandixon Ismoilov

Afandixon Ismoilov (asl ismi Sharofiddin; 1905 – Toshkent — 1985.20.2) — aktyor, rejissyor Oʻzbek bolalar teatri va bolalar dramaturgiyasi asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist (1967). 1935–40 yillar Hamza teatrida ishlab, "Nomus va muxabbat", "Rustam" spektakllarini sahnalashtirishda aktyor va rejissyor sifatida qatnashdi. 1940–43 yillarda viloyatlar teatrlarida bosh rejissyor 1968 yil oʻzbek yosh tomoshabinlar teatri rus yosh tomoshabinlar teatridan ajralib chiqqach, unga asosiy rejissyorlik qilgan, oʻzi pyesalar yozib, oʻzi ularni sahnalashtirgan ("Ku-rash bolasi", "Gʻolibiyat" va boshqalar). Repertuarni bolalar mavzusiga karatdi va asosan mahalliy mualliflar asarlari ("Qon ham suv", "Qutqarish", "Besh bola", "Tosh va mosh" va b.)ni saxnalashtirdi. I. koʻproq milliy dramaturgiya, milliy qahramonlar timsolini sahnada aks ettirishga harakat qilgan. Eng yaxshi rollari: savdogar ("Padar-kush"), Vurim ("Makr va muhabbat"), Yosuman ("Farhod va Shirin"), Luka ("Zoʻraki tabib"), Kochkaryov ("Uylanish"), Domla ("Yoriltosh"), Qirol ("Zolushka"), chol ("Sirli sandiq"), Majid ("Ujar"), Qutmurod ("Amu qahramonlari") va boshqalar.


Lotin alifbosida maqola: Afandixon Ismoilov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YAPONIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты