Afonso de Albuquerque

ALBUKERKI (A1iyaiyegyaiye) Afonsu d’ (1453, Aleksandriya, Lissabon yaqinida – 1515.15.12, Arabiston dengi-zi, Goa yaqinida) – portugaliyalik istilochi, Hindiston vitse-qiroli (1510–15). Ost-Indiyadagi Portugaliya mustamlaka imperiyasi asoschisi. 1503-yil Kochin shahrida portugal flotiliyasiga qoʻmondon boʻlib, fort qurgan. 1506-yil Tristan da Kunyaning ekspeditsiyasida qatnashgan, uning ixtiyorida ekspeditsiyadagi 16 kemadan 5 tasi boʻlgan. 1507-yil Fors qoʻltigʻidagi Hoʻrmuzki bosib olgan, biroq uni qoʻlda tutib tura olmagan. 1510-yil Goani egallab olib, uni portugaliyaliklarning Sharkdagi istilolarining tayanch punktiga aylantirgan. Dengiz savdo yoʻllarini nazorat qilish uchun 1511-yil Malakkani bosib olgan. A. portugaliyaliklarning Malabar sohillari, Seylon orol, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qilgan dastlabki ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan. 1513-yil Adanni egallashga uringan, 1515-yil Hoʻrmuzni 2-marta bosib olgan.


Lotin alifbosida maqola: Afonso de Albuquerque haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PORTUGALIYA
HINDISTON
XITOY
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты