Afrosiyob (obraz)

Afrosiyob— mifologik obraz.1) Avestoda Frangxrasyan deb atalgan.Avestoda A. shohlik ilohiy martabasi— farn (xvarno)ni qoʻlga kiritish uchunmifologik Vorukasha dengizi tubiga tushishga ahd qiladi va bunda Anaxitadanyordam soʻraydi. Lekin u bu iltimosnirad etadi. Frangxrasyan ust-boshiniechib dengiz tubiga 3 marta shoʻngʻiydi,ammo harakati zoe ketadi. Avestoda usamarasiz harakat qilayotgan afsonaviyobraz sifatida namoyon boʻladi. Bu mavzuAvestodan „Shohnoma“ga ham oʻtgan. Lekin A.ning Eron podshohlari bilan janggakirishuvi — yaʼni Eron bilan Turonningmifologik raqobati gʻoyasi Avestoda yoʻq.A.ni Eron shohlarining dushmani qilibkoʻrsatish gʻoyasi yozma adabiyotga birinchiboʻlib Firdavsiy „Shohnomasi“ orqalikirgan. U Faridun (Traetaona)ningTur ismli oʻgʻlidan tarqalgan shajaragamansub. Otasining ismi — Pashang . Butalqinda Firdavsiy zamoni uchun muhimboʻlgan turk davlatchiligi va eroniy davlatlar oʻrtasida tarixiy yuzma-yuz turish— harbiy-siyosiy muxoliflik oʻz aksini topgan. Shu bilan A.ning ilohiy oliybaxt, hokimiyat ramzi — farn ilinjidagi mifologik shaxs qiyofasi tarixiylik kasb etgan. Mifologik tasavvurdanoʻsib chiqqan adabiy anʼana, yaʼni A. Turon podshohi degan tushuncha tufaylixalq orasida Samarqandning qadimiyqoʻrgʻoni, Toshkentdagi Mingoʻrik xarobalari, Buxorodagi Romitan qoʻrgʻoni kabiyodgorliklarni uning nomi bilan bogʻlashhanuz saqlangan. 2) Turkiy yozma yodgorliklarda A. epik qahramon Toʻnga alpEr (Yusuf Xos Hojibaa), Alp Er Toʻnga(Mahmud Koshgʻariyda) bilan bir shaxsqilib koʻrsatilgan. Bu qiyoslanish harikki obrazni Turon bilan bogʻliqligi tufayli yuzaga kelgan. Baʼzi olimlar (A.Abdurahmonov) A.ni tarixiy shaxs debhisoblaydilar. Aslida A. va Alp ErToʻnga miflari orasida katta tarixiymadaniy tafovut va anaxronizm mavjud.A. ibtidoiy tafakkurning mifologikhosilasi, Alp Er Tunga esa Turk davlatchiligi davrlarining umumlashmasisifatida alohida oʻrganilishi lozim. 3)Turkiy xalqlar bobokaloni, turkiylarpodshosi, bahodir, jahongir yoʻlboshchi.Qoraxoniylar va saljuqiylar oʻz shajaralarini A.dan boshlaganlar.Turli yozma manbalarda A. haqidagimaʼlumot turlicha. Mas, „Buxoro tarixi“(Narshaxiy)da A. 2000 yil yashagan afsungar, kuyovi Siyovushning qotili, Romitanqalʼasi bunyodkori va, nihoyat, Siyovushqasosi uchun oʻgʻli Kayxusrav tomonidanoʻldirilgan deb koʻrsatiladi.


Lotin alifbosida maqola: Afrosiyob (obraz) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты