Chingiz Aytmatov

Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov (qirgʻ. Chingiz Aytmatov; 12-dekabr, 1928 – 10-iyun, 2008) – Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademik (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956 – 58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvi-do, ey Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. A.ning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. A.ning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy goʻzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Dengiz yoqalab chopayotgan ola-par“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, shoʻro davridagi hayotning mashʼum manzaralari oʻz ifodasini top-gan."Asrga tatigulik kun" (1980), „Qi-yomat“ (1986), „Kassandra tamgʻasi“ (1990) romanlarida zamonamizning umu-minsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Oʻtmishini unutgan, hissiz, hamma nar-saga loqayd, itoat-u, buyruqni baja-rishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygʻu, noziq hissiyotlari soʻngan manqurt obrazi tasviri A. ijodining muhim qirralaridan biri boʻldi.A.ning „Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bagʻishlangan. A. prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uygʻunlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.A. „Inostrannaya literatura“ (Mo-skva) jurnaliga muharrir (1980 – 90), 1990-yildan sobiq SSSRning, soʻng Rossiya Federatsiyasining, 1991-yildan Qirgʻiziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. A. tashkil etgan „Issiqkoʻl forumi“ xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali taʼsir oʻtkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995). A.ning asarlari jahonning 176 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). „Sarvqomat dilbarim“ („Do-von“), „Boʻtakoʻz“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“, „Alvido, ey Gulsari“ va boshqa ekranlashtirilgan, oʻzbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. „Momo yer“ asariga I. Akbarov musiqa yozgan. A.ning qariyb hamma asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. A. oʻzbek ada-biyoti, umuman, oʻzbek madaniyati tarixini yuksak baholab, „Qadim-qadim oʻzbek madaniyatining Oʻrta Osiyoga koʻrsatgan taʼsirini koʻhna Vizantiyaning Qadim Rusga koʻrsatgan taʼsiri bilan qiyoslash mumkin“, deb hisoblaydi. A. Oʻzbekiston Respublikasining „Doʻstlik“ (1995), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytma-tov nomidagi „Oltin medal“ mukofoti taʼsis etilgan (1999).As: Tanlangan asarlar [ikki jild-248li], T.. 1978; Aytmatov Ch.: Stati, vi-stupleniya, dialogi, intervyu, M., 1988; Asrga tatigulik kun; Qiyomat, romanlar, T., 1998.Ad.: Mirza-Axmedova P. M., Natsio-nalnaya epicheskaya traditsiya v tvorchestve Chingiza Aytmatova, T., 1980; Gachev G., Chingiz Aytmatov i mirovaya literatura, Frunze, 1982; Axmatal iyev A. A, Chingiz Aytmatov i vzaimosvyazi literatur, Bish-kek, 1991.. 2018-yilda adib tavalludining 90 yilligini nishonlash haqida Oʻzbekiston Prezidentining qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra: „Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston“ nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish; Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish; yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish; Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga adib nomini berish; Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini oʻrnatish tayinlandi.


Lotin alifbosida maqola: Chingiz Aytmatov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYTMATOV Chingiz Toʻraqulovich
Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
QIRGʻIZISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты