Allohning 99 nomi

Bu maqolada Allohning goʻzal ismlari (arabcha: أسماء الله الحسنى, ʾasmāʾ allāh al-Ḥusnā) va ularning mazmuni berilgan. Qurʼoni Karimning Aʼrof surasi 180-oyatida Alloh ismlari haqida shunday deyiladi:

Bu ismlar 99 ta. Ular musulmon ilohiyotida muhim oʻrin tutadi. Alloh ismlari koʻp duolarda qoʻshib aytiladi. Qur’oni Karimning Hashr surasida (22-24 oyatlar) Allohning goʻzal ismlarining qisqa roʻyxati bor: ar Rahmon, ar-Rahim, al-Malik, al-Quddus, as-Salom, al-Moʻmin, al-Muhaymin, al-Aziz, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Xoliq, al-Bori’, al-Musavvir. Boshqa hamma ismlar Qur’oni Karimning turli joylarida uchraydigan Alloh sifatlaridan kelib chiqadi va ular bilan bogʻlangan feʼllardan hosil boʻlgan. 99 ta ism roʻyxati Abu Hurayra r.a (601-679) rivoyat qilgan hadisda bor. Ana shu hadisga koʻra, Muhammad(s.a.v) 99 raqamini keltirgan va har kim Allohning mazkur ismlarini birma-bir aytib chiqsa, albatta, InshaAlloh jannatdan joy ato qilinadi deganlar. Boshqa Hadis toʻplamlarida ham Alloh ismlari roʻyxati keltiriladi:

1اللهAllohXudoning ismi. Barcha suralarning (bittasidan tashqari) boshlanishida qoʻllaniladi
2الرحمنAr-RohmānMehribon — Ulugʻ neʼmatlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos boʻlib, barchaga kofirga ham, moʻminga ham mehribon va neʼmat beruvchi maʼnosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib boʻlmaydi.
3الرحيمAr-RohīmRahmli — „Rohiym“ latif neʼmatlarni beruvchi.Bu sifat xosroq boʻlib, qiyomat kuni faqat moʻminlarga rahm qiluvchi maʼnosini anglatadi. Va Allohdan oʻzgalarga, jumladan Paygʻambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
4الملكAl-MalikPodsho — Barcha narsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan oʻzga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul boʻladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xoʻjayin boʻlmaydi.Shuning uchun insonlar oʻzlariga oʻxshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul boʻlish lozim.
5القدوسAl-QuddūsMuqaddas, nuqsonlardan holi — Barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning oʻzigagina hosdir.
6السلامAs-SalāmOfat va balolardan solomat. Qutqarayotgan — „Salom“-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh „Salom“ sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.
7المؤمنAl-Mu’minMoʻmin-iymon va omonlik beruvchi.
8المهيمنAl-MuhayminHamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh boʻlib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
9العزيزAl-AzizIzzat va qudrat sohibi. Ulugʻ — Barchaning ustidan gʻolib. Undan biror narsa gʻolib kelolmaydi.
10الجبارAl-JabbārBandalarini ishlarini isloh etuvchi. Jabbor — oliy qadar ulugʻ, Uning oldida hamma oʻzini xor tutadi.
11المتكبرAl-MutakabbirKattalik yarashuvchi zot. Mutakabbir — kibriyosi va ulugʻligi behad. Uning oldida boshqalar qul boʻlib turadi.
12الخالقAl-XoliqYaratuvchi, vujudga keltiruvchi. Xoliq — Asli va oʻxshashi yoq narsaning oʻlchovini mos qilib yaratuvchi. Xoliq mutloq vujudga keltiruvchidir.
13البارئAl-Bāri'Bori' — Yoʻqdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi, yaratuvchi. Bori’ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.
14المصورAl-MusovvirMaxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.
15آل الغفارAl-GʻoffārGʻaffor — Koʻplab magʻfirat qilib, bandalarning aybini oʻz fazli ila kechib yuboruvchi. bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi.
16القهارAl-QohhārQahhor — Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni oʻz hukmiga yuritib va qudrati ila boʻysundirib turuvchi.
17الوهابAl-VahhābOʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.
18الرزاقAr-RozzāqBarcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.
19الفتاحAl-FattāhHukm etuvchi, rahmat hazinalarini ochuvchi.
20العليمAl-'AlīmBiluvchi, dono, ilm sohibi. Boʻlgan va boʻladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.
21القابضAl-QobizKimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruhlarni qabz etuvchi (oluvchi).
22الباسطAl-BāsitKimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.
23الخافضAl-XofizKofirlar martabasini tushiruvchi.
24الرافعAr-Rofi'Moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.
25المعزAl-Mu’izzKimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.
26المذلAl-MuzillKimlarnidur xoru zalil qiluvchi.
27السميعAs-SamīMaxfiy va oshkora gap va sharpalarni, xatto dildan oʻtganini ham, eshituvchi.
28البصيرAl-BasīrHamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.
29الحكمAl-HakamQatʼiy hukm etuvchi.
30العدلAl-`AdlOʻta adolatli.
31اللطيفAl-LatīfBandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkasizb beruvchi.
32الخبيرAl-XobīrHamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.
33الحليمAl-HalīmJazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.
34العظيمAl-'AzīmAzamatli va ulugʻ zot. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulugʻ.
35الغفورAl-GʻofūrKoʻp magʻfirat qiluvchi.
36الشكورAsh-ShakūrOʻz amaliga koʻp savob beruvchi.
37العليAl-'AliyyMartabasi oliylikda benihoya.
38الكبيرAl-KabīrHammadan ulugʻ.
39الحفيظAl-HafīzHar bir narsani komil muhofaza qiluvchi.
40المقيتAl-MuqītBarcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
41الحسيبAn-HasībHisob qiluvchi, kifoya qiluvchi.
42الجليلAl-JalīlSifatlarida ulugʻlikka ega.
43الكريمAl-KarīmSaxovatli va karami keng. Birov soʻramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ato qiluvchi. Qarama-qarshilikdan pok. Karamli ishlar va xislatlar sohibi.
44الرقيبAr-RoqībDoimo kuzatib turuvchi. Raqiyb — hech bir zararni ham qoʻymay tekshirib turuvchi.
45المجيبAl-MujībDuolarni ijobat qiluvchi.
46الواسعAl-Vāsi'Keng va keng qamrovli zotdir
47الحكيمAl-HakīmDono
48الودودAl-VadūdBandalarini sevuvchi
49المجيدAl-MajīdEng ulugʻvor
50الباعثAl-Bā'isOʻliklarning tiriltiruvchisi
51الشهيدAsh-ShahīdHar bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
52الحقAl-HaqqOʻzgarmas sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi zot.
53الوكيلAl-VakīlBarchaning ishi unga topshirilgan zot.
54القوىAl-QovviyyQuvvatli zot.
55المتينAl-MatīnMatonatli zot.
56الولىAl-ValiyyHimoya qiluvchi doʻst, homiy va yordamchi
57الحميدAl-HamīdBarcha maqtovlar ila maqtalgan zot.
58المحصىAl-MuhsiBarcha narsaning hisobini olgan zot.
59المبدئAl-Mubdi'Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
60المعيدAl-Mu'īdYoʻq boʻlgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
61المحيىAl-MuhyiTiriltiruvchi. U zot oʻliklarni tiriltiruvchidir va bu ismga ularni tiriltirishdan oldin sazovordir. Uni ularni oʻlik boʻlganlaridan keyin jon kiritib tirik qilganidan keyin tiriltiruvchi, deb atalganidek, ularni xalq qilishdan oldin, ularga hayot berishidan oldin ham, tiriltiruvchi, deyilaveradi. Xuddi, xaloyiqni xalq qilishidan oldin Xoliq boʻlganidek.
62المميتAl-MumītOʻldirivchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
63الحيAl-HayyTirik. U tirikdir, oʻlmas. Yaʼni, Allohning hayoti abadiydir, oʻlim ila yoʻq boʻlmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yoʻq boʻlgan emas.
64القيومAl-QoyyūmOʻz oʻzidan qoim boʻlgan va boshqalarni qoim qilgan zot.
65الواجدAl-VājidTopuvchi. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni toʻsa olmaydi.
66الماجدAl-MājidMajdu sharaf sohibi boʻlgan zot.
67الواحدAl-VāhidYagona. Bita. Boʻlinmas. U zot oʻz zotida ham, sifatlarida ham va ishlarida ham birdir.
68الصمدAs-SomadSomad sifati koʻp maʼnolarni oʻz ichiga oladi:- itoat qilingan ulugʻ-Usiz hech bir ish bitmaydi.- hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.- butun maxluqot bitib tugasa ham, Oʻzi doim boqiydir va hokazo.
69القادرAl-QodirCheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. har bir ish unga osondir.
70المقتدرAl-MuqtadirJuda ham qudratli.
71المقدمAl-MuqoddimOldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi.
72المؤخرAl-Mu’axxirOrqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi.
73الأولAl-'Avval„Avval“ — U hamma narsadan avval, yaʼni, barcha mavjudotlar yoʻqligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni „Avval“ sifatiga ega boʻlgan Alloh yaratdi. Yaʼni, Alloh vujudga kelishining boshlanishi yoʻqdir.
74الأخرAl-'Axir„Oxir“ — U hamma narsa yoʻq boʻlib ketganda ham Oʻzi qoladi.
75الظاهرAz-Zohir„Zohir“ — Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
76الباطنAl-Bātin"Botin" — U koʻzga koʻrinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.
77الواليAl-VāliHar bir narsaga voliy — ega boʻlgan zot.
78المتعاليAl-Mutā'aliNuqsonlardan yuqori turuvchi zot.
79البرAl-BarrUlugʻ yaxshilik qiluvchi.
80التوابAt-TavvābBandalarni tavbaga yoʻllovchi va ularning tavbasini koʻplab qabul qiluvchi zot.
81المنتقمAl-MuntaqimZolim va osiylardan intiqom oluvchi.
82العفوAl-AfuvvAfv qiluvchi.
83الرؤوفAr-RoʻūfOʻta shafqatli va mehribon.
84مالك الملكMālik-ul-MulkMulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni oʻzi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini oʻzgartiradigan yoʻq.
85ذو الجلال والإكرامZūl-JalāliSharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.
86المقسطAl-MuqsiţOʻz adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
87الجامعAl-JāmiJamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
88الغنيAl-GʻoniBehojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi.
89المغنيAl-MugʻniBehojat qiluvchi. U zot Oʻz bandalaridan qay birini xohlasa behojat qilib qoʻyadi.
90المانعAl-Māni'Man qiluvchi.
91الضارAz-ZorrZarar qiluvchi. Zararli narsalarni ham yaratuvchi.
92النافعAn-NāfiManfaat beruvchi.
93النورAn-NūrOʻz-oʻzi ila zohir boʻlgan va oʻzgalarni zohir qilgan.
94الهاديAl-HādiHidoyat qiluvchi. U zot Oʻz fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Yaʼni, Alloh kimni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilsa, albatta, Oʻz xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.
95البديعAl-BadīOʻxshashi yoʻq narsalarni keltiruvchi.
96الباقيAl-BāqiBoqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik oriz boʻlmas.
97الوارثAl-VārisMuvjudotlar yoʻq boʻlganda ham boqiy qoluvchi zot.
98الرشيدAr-RoshīdToʻgʻri yoʻlga irshod qiluvchi.
99الصبورAs-SoburOʻta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Lotin alifbosida maqola: Allohning 99 nomi haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
AL-ASMO al-HUSNO
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
QURʼON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты