Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon

„Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon“ — Oʻzbekiston va Jazoir hamkorligida, rejissor Gʻiyos Shermuhamedov tomonidan suratga olingan „Ajdodlar chorlovi“ tarixiy filmning birinchi qismidir. SSSR xalq artisti, Sosialistik Mehnat Qahramoni Mahmud Esamboyevning soʻnggi kino asari hisoblanadi.

SSSR parchalanganidan keyin 90-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi 10 yilga yaqin vaqt davomida faoliyati toʻxtatib qoʻyilgandi. Biroq rejissor Gʻiyos Shermuhamedov buning uchun 1992-yilda oʻzining “Merosfilm” (Meros) kinostudiyasini tashkil etdi. U suratga olish uchun homiylar qidirdi, banklardan kredit oldi. Keyin esa Markaziy Osiyoda davlatchilikning shakllanishi, u yerda islom dinining yoyila boshlagani haqida hikoya qiluvchi “Ajdodlar chorlovi” tarixiy dilogiyasini suratga olishni boshladi. Rejissor tarixchi va olimlar bilan hamkorlikda ssenariy ustida ishladi, koʻplab tarixiy arxiv hujjatlarini qayta koʻrib chiqdi. U Jazoirdan homiy topdi, u yerda Oʻzbekistondan tashqari mazkur film ham suratga olingan. “Buyuk Turon” dilogiyasining birinchi filmi, soʻng “Soʻgʻdiyona” dilogiyasining ikkinchi filmi 1995-yilda chiqdi.

Filmda oʻsha davrning uchta buyuk davlati – VI asrdaTurk xoqonligi, Vizantiya hukmronligi va Fors Sosoniylar davlati haqida soʻz boradi. Bu voqea taqdir taqozosi bilan uch buyuk davlat manfaatlari yoʻlida turgan soʻgʻdlik savdogar Zemarx nomidan hikoya qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
JAZOIR
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты