Ajinli kalao (lotincha: Rhabdotorrhinus corrugatus) — karkidon qushlar oilasiga mansub qushlar(Bucerotidae). Ular 2013-yilgacha Aceros urugʻiga kiritilgan.
Qushlarning tana uzunligi 65-70 sm. Ikkala jinsda (erkak va ayol) tanasining patlari qora, dum qismi tuklarining tagidan uchdan bir qismi qora, qolgan qismi yorqinroq. Erkaklarda yuz va tomoq qismidagi patlari oq yoki sargʻish-oq, koʻz atrofidagi terisi patsiz va och koʻk, tumshugʻining pastki va ustki uch qismi sargʻish, tumshugʻining asosi qizil, pastki qismi buklgan hamda quyuq randa, tumshugʻning tepasida qizil oʻsimtasi bor. Yosh erkaklari tumshugʻi butunlay sariq rangda boʻladi. Ayollarida esa tumshugʻi deyarli butunlay sariq randa, bosh patlari qora rangda, yuzi patsiz va terisi koʻk rangda boʻladi.
Ular daraxtlar mevalari, masalan, anjir mevasi bilan oziqlanadilar.
Urgʻochisi ikki-toʻrt kun davomida 2—3 ta, kamdan-kam hollarda 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxum ochib chiqish muddati 29—31 kun davom etadi. Urgʻochi inkubatsiya muddati davomida inda qoladi. Joʻjalar odatda 60—76 kun davomida boqiladi.
Tailand janubida, Malayziya yarim orolida, Sumatra (jumladan, Rupat va Payong orollari)da, Batu orollari va Kalimantanda tarqalgan. Yaqinda ushbu tur Kambodjaning shimoli-gʻarbiy qismida qayd etilgan. Singapurda bu tur butunlay yoʻq boʻlib ketgan.
Ular yashil hududlarda va suv bosgan nam oʻrmonlarda, dengiz sathidan 1000 metrgacha balandlikda yashaydi. Qushlar koʻpincha baland daraxtlarning tepasida qoʻnim topadi.