Asqarov Ahmadali Asqarovich

Asqarov Ahmadali — tarix fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademiki. (1987) tarixshunos, arxeolog.

1935 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan.

O‘zR FA Tarix va arxeologiya institutida ilmiy xodim, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan (1966). So‘ngra Arxeologiya instituti direktori (1970-1980 va 1983-1987 yillar). “Zarafshonning bronza davri” mavzusida fan nomzodi, 1977 yili Moskvada esa “Bronza davrida O‘zbekistonning janubi” nomli doktorlik ishini yoqlagan.

O‘zR FA Prezidiumining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi raisi (1984-1998 yillar), bir vaqtning o‘zida, O‘zR FA Tarix instituti direktori (1991-1995 yillar).

Akademik A. Asqarovning ilmiy qiziqishlarining ko‘lami juda keng: O‘rta Osiyodagi bronza davri va erta temir zamonining qadimiy qishloq xo‘jaligi va chorvachilik madaniyatlari tarixi, O‘zbekistonda erta shahar madaniyati va erta davlatchiligi, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, zardushtiylikning kelib chiqishi va shakllanishi, arxeologik ma’lumotlarga asoslangan milliy kurash sporti tarixi va boshqalar.

Qadimiy yer osti o‘chog‘i hisoblanmish old osiyolik tipidagi sapalin madaniyati, Jarqo‘rg‘on tepaligidagi noyob cherkov kabilarning ochilishi unga tegishli.

A.Asqarov - 450 dan ziyod ilmiy ishlar, shularning 50 dan ortig‘i chet tillarida, 16 monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv-metodik qo‘llanma muallifi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995).


Lotin alifbosida maqola: Asqarov Ahmadali Asqarovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TARIX
Buxorodagi milliy-madaniy markazlar faoliyati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты