Bogdanov Oleg Pavlovich

Bogdanov Oleg Pavlovich (1925-2007) - sovet va o‘zbek zoolog-olimi, biologiya fanlari doktori, professor, Sovet Ittifoqi davrida gerpetologiyani asoschilaridan biri sanaladi.

Bogdanov o‘zining ilmiy faoliyatini O‘rta Osiyo davlat universitetidan boshlagan. So‘nggi yillarda u O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi zoologiya institutida ishladi.

Olim zoologiyadagi ilmiy tadqiqot ishini keng qamrovli - O‘rta Osiyoning bo‘g‘imoyoqlilaridan tortib sut emizuvchilarigacha, amfibiya, sudralib yuruvchilar va qushlarni ham o‘z ichiga oladi.

Ilmiy yutuqlari: O‘rta Osiyoda birinchi ilon qo‘riqlanadigan joyni barpo etish, ilonlarni urchitish va ushlash uslubi muallifi, ilon va chayonlar zahrini xavfsiz olish, ko‘rshapalaklarni yangi turini yaratish, O‘zbekiston faunalarini birinchi qaydnomasini yozib qoldirish bo‘yicha olim ilmiy yutuqlarga erishdi.

Ilmiy ishlari: «O‘zbekiston jonivorlari», «Sudralib yuruvchilar ekologiyasi», «O‘zbekiston hayvonot olami», «O‘zbekiston qo‘riqxonalari» va boshqalar. Bu ilmiy ishlari bir necha bor qayta nashr etilgan. U “Gerpentologlar qaydnomasi”, “Kim Gav dedi?” nomli ilmiy-ommabop va bolalar uchun kitoblar yozdi.

Ilmiy faoliyati davomida Bogdanov 20 dan ziyod fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorladi, AQSH, Germaniya va Fransiya mamlakatlarida zoologlar va gerpentologlar bo‘yicha ilmiy jamiat a'zosi bo‘ldi.

O. Bogdanov 2017 yil 10 oktyabr vafot etgan, Toshkent (O‘zbekiston) Botkino qabristoniga dafn etilgan.


Lotin alifbosida maqola: Bogdanov Oleg Pavlovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты