Bobojon Ramz Nosirovich

Shoir, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon 1936 yildan ijod qila boshlagan. Shoirning «Qadrdon do‘stlar» dostoni urush va undan keyingi davrdagi qardosh xalqlar do‘stligini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. Ramz Bobojon 1987 yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini olishga sazovor bo‘lgan. Istiqlol davriga kelib «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Shoir, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon 1921 yil Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Ta’lim va tarbiya texnikumini tamom qilganidan keyin Toshkent Davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga kirib o‘qidi.

1939-1948 yillarda yoshlar gazetasida dastlab bo‘lim boshlig‘i, so‘ng muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyoti va radio komitetda muharrir bo‘lib ishladi.

Respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, kotib, «Vatan» jamiyati rahbari lavozimida faol mehnat qildi.

Shoirning «Qadrdon do‘stlar» dostoni urush va undan keyingi davrdagi qardosh xalqlar do‘stligini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.

Dramaturgiyamiz taraqqiyotida ham Ramz Bobojonning o‘ziga yarasha xizmatlari bor.

Ramz Bobojonni adabiyot shinavandalari faqat shoir va dramaturg sifatida emas, balki tarjimon sifatida ham biladilar. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, A.A.Tvardovskiy va boshqa rus shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Ramz Bobojon 1987 yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini olishga sazovor bo‘lgan.

Istiqiol davriga kelib «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Ramz Bobojon 1936 yildan ijod qila boshlagan. Shu vaqtgacha «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi bir necha she’rlar to‘plamini va «Saylanma»larini nashr ettirdi.U 1961 yilda «Tog‘a va jiyanlar» komediyasini yaratdi. «Lo‘lilar» pesasi Moskva teatrlarida namoyish qilindi. Qoloq shaxslar keskin fosh etilgan «Insu jins yoki tirik murdalar» (1972) komediyasi ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Dramaturgning, ayniqsa, «Yusuf va Zulayho» (1981) dramasi tomoshabinlar va keng kitobxonlar olqishiga sazovor bo‘ldi.


Lotin alifbosida maqola: Bobojon Ramz Nosirovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Bоbоjоn Ramz Nasirovich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты