Salixov Shavkat Ismoilovich

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (2006 yilning 13 martidan boshlab hozirga qadar).

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi (1995 y.), biologiya fanlari doktori

Bioorganik kimyo sohasidagi olim, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi.

1944 yil 12 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rstgan fan arbobi (1998 y.)

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ni tamomlagan. O’zR FA Bioorganika kimyo institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, diretkor bo’lib ishlagan.

2006 yildan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo’mitasi raisi (jamoatchilik asosida), Senator (2006 yildan), O’zMU qoshidagi Yuqori texnologiyalar markazi Vasiylik kengashi raisi (2011 yildan) hisoblanadi.

350 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 56 ta ixtiro va 40 dan ziyod patent muallifi. 7 nafar fan doktori va 25 nafardan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan. 2008 yilda «El-yurt Hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Akademik Shavkat Solixov mamlakatimiz Fanlar akademiyasining xorijiy a'zosi unvoniga sazovor bo'lgan birinchi olim bo'lib qoldi.

2008 yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.


Lotin alifbosida maqola: Salixov Shavkat Ismoilovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты