Salim Ashur

Shoir Salim Ashur o‘z ijodi bilan respublika matbuotida muntazam qatnashib, she’rlari qator jamoa to‘plamlarida chop etilgan. U bir qator she’riy va nasriy tarjimalari bilan ham o‘quvchi e’tiborini qozongan.

Shoir Salim Ashur 1964 yil 16 dekabrda Tojikiston Respublikasining Qo‘rg‘ontepa viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida dehqon oilasida tug‘ildi.

Salim Ashurning ota-onasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ko‘chib o‘tadi va Salimning bolalik hamda o‘smirlik yillari Qiziriq cho‘llarida kechadi.

U 1982 yili shu yerdagi o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi va uni 1989 yilda tugatadi.

Uning ilk she’rlari 6-sinfda o‘qiyotgan kezlarida tuman gazetasida bosiladi. Respublika matbuotida esa shoirning birinchi she’ri 1979 yili «Gulxan» jurnalida chop etilgan.

Salim 1990-1994 yillari «Saodat» jurnalida, 1994-1996 yillari esa «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishlaydi.

Hozir u «Turkiston» gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

1994 yili shoirning «Yashil giyoh» va «Atirgul» kabi she’riy kitoblari nashr etiladi. Shuningdek, «Atalgan kunlar» (2004), «Sensiz» (2005), «Darz» (2005) to‘plamlari nashr etildi. U bir qator she’riy va nasriy tarjimalari bilan ham o‘quvchi e’tiborini qozongan.


Lotin alifbosida maqola: Salim Ashur haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты