Rahimov Vahob Rahimovich

Rahimov Vahob Rahimovich (26 dekabr 1934 yil, Samarqand— 29 oktabr 2014 yil) — geologiya va tog‘-konlari sohasi bo‘yicha o‘zbek olimi, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.

O‘rta Osiyo politexnika institutini tamomlagan (1957), O‘zbekiston fanlar akademiyasida ruda-kon bo‘limida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

Moskva tog‘-kon ishlari institutining aspiranturasida tahsil oldi, 1963 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1972 yildan texnika fanlari doktori, professor darajasiga erishdi.

Vahob Rahimov dotsent (1963), marksheyder ishi kafedra mudiri (1968), tog‘-metallurgiya fakulteti dekani ( 1969), 1984—1990 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti prorektori lavozimlarida ishlagan.

19 may 2000 yildan Rahimov O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi bo‘lgan.

U bir qancha ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar muallifi. V.Rahimov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga ega bo‘ldi va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.


Lotin alifbosida maqola: Rahimov Vahob Rahimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты