Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich

Ozodbek Nazarbekov Ahmadovich - o‘zbek qo‘shiqchisi, O‘zbekiston xalq artisti. Mashhur o‘zbek qo‘shiqchisi Muhriddin Xoliqovning shogirdi.

Ozodbek Nazarbekov 1974 yilning 7 mayida Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. O. Nazarbekov o‘z ijodiy faoliyatini 1994 yilda boshlagan. 2002 yildan buyon “O‘zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. 2007 yilda Mannon Uyg’ur nomidagi O‘zbekiston Davlat San’at oliygohini tamomlagan.

Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Navro‘z umumxalq bayrami va Mustaqillik tantanalarida faol ishtirok etib kelmoqda.

2003 yildan Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan.

  • 2003 yil 22 iyun "Oydin kechalar".
  • 2005 yil 15-16 aprel “Yuragimdan kuylaganim sen”.
  • 2006 yil 12-17 aprel “Sening darding”.
  • 2007 yil 7-14 aprel “Diydor shirin”.
  • 2008 yil aprel “Jondan aziz”.
  • 2008 yil 1-4 avgust “Yaprog‘imiz azim chinorning”.
  • 2009 yil 4-24 aprel “Mushtarak manzil”.
  • 2010 yil 5-23 aprel “Qadamlar hikmati”.
  • 2011 yil 7 aprel-2 may "Kundan kun yaxshi".
  • 2012 yil 6-20 aprel "Xush keldingiz".
  • 2013 yil 5-21 aprel «Taqdirimsan, baxtimsan».

So‘nggi yillarda chet-el mamlakatlari, AQSh va Rossiya federatsiyalarida ham gastrol safarlarini uyushtirgan.

11 ta audiokasseta, 8 videokasseta va bir qator disklar yozgan.

2011 yilda “Osiy banda” filmiga musiqa yaratgan.

Mukofotlari

  • 2007 yil xonanda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvonini bilan taqdirlangan.
  • 2010 yilda elu- yurtning yuksak mukofoti «O‘zbekiston Xalq artisti» unvoniga sazovor bo‘ldi.
  • 2010 yil musiqa va televideo asarlari nominatsiyasi «M TVA2010» taqdimotining «Yilning eng yaxshi erkak xonandasi» mukofotini qo‘lga kiritdi.
  • Ozodbek Nazarbekov, shuningdek, 2012 yilda «Qoraqalpog‘iston Xalq artisti» unvoni bilan ham taqdirlangan.

Lotin alifbosida maqola: Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
ANDIJON VILOYATI
Buxorodagi milliy-madaniy markazlar faoliyati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты