Qo’shjonov Matyoqub

Qo‘shjonov Matyoqub – o‘zbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati, Hallang qishlog‘ida tug‘ilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), O‘zbekiston Respublikasi FAning a’zosi (1979), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).

30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1941-1945 yillarda urushda qatnashgan, mergan bo‘lgan. 1945-1950 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan, imtiyozli diplom olgan.

1950-1954 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi apparatida ishlagan.

1954-1957 yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida o‘qidi.

1957-1960 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qituvchi bo‘ldi.

1960 yildan O‘zbekiston FAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.


Lotin alifbosida maqola: Qo’shjonov Matyoqub haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XX asr boshida Turkiston...
Qatag'onlik siyosati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты