Qo‘chqor Norqobil

Qo‘chqor Norqobil- yozuvchi, adib. “Daryo ortidagi yig‘i” (1990) qissasi uchun Usmon Nosir nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. 2001 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” sharafli unvoniga sazovor bo‘ldi.

Qo‘chqor Norqobil 1968 yilning 5 mart kunida Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani Mo‘minqul qishlog‘ida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, 1986-1988 yillarda afg‘on urushida qatnashdi. So‘ng, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1992 yilda universitetni tugatgach, gazeta-jurnallarda ishladi, muxbirlik qildi.

Uning ijodi asosan 80-yillar oxiri - 90-yillar boshida boshlandi. «Bosinqirash», «Asorat», «Xun» hikoyalari, hamda «Daryo ortidagi yig‘i» qissasi shu davr mahsuli sifatida xarakterlidir. Uning ijodida «Daryo ortidagi yig‘i» (1990) qissasi, ayniqsa, xarakterli bo‘lib, unda afg‘on yurtida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan hayotiy voqyealar mahorat bilan ifoda etilgan. Uning «Qorong‘u uy», «Kulib tur, azizim», «Xayr, beshinchi mart» singari hujjatli qissa va romanlarida ham urush va inson, hayot va o‘lim, zulmat va ro‘shnolik, shuningdek, insonni tutib turgan muhabbat mavzulari o‘zaro uyg‘un holda tadqiq etiladi.

Qo‘chqor Norqobil shoir sifatida hozircha faqat «Xosiyatli daryo» (1992), «Kaftimdagi qizaloq» (1993) to‘plamlarini nashr etgan bo‘lsa ham, mazkur to‘plamlarga kirgan she’rlarning o‘ziyoq, uning iqtidorli shoir ekanligiga kafolat beradi.

Hozirgi kunda, qo‘chqor Norqobil «O‘zbekiston ovozi» gazetasida siyosat va xalqaro hayot bo‘limiga boshchilik qilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: Qo‘chqor Norqobil haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты