Qoriyev Maqsud

Taniqli jurnalist va adib Maqsud Qoriyev 1926 yil Toshkentda tug‘ilgan. Urush yillarida Yunusobod qishlog‘i jamoa xo‘jaliklarida oddiy mehnat bilan shug‘ullangan. 1947 yilda esa Toshkent yuridik institutini tugatib, shu institut aspiranturasida o‘qishni davom ettirgan. Keyinchalik yuridik fanlari nomzodi degan ilmiy darajaga ega bo‘lgan.

Adibning jurnalistik faoliyati 1949 yildan boshlangan. 1954-1963 yillarda «Toshkent haqiqati» gazetasida avval bosh muharrir o‘rinbosari, so‘ng bosh muharrir bo‘lib ishlaydi. 1963-1984 yillargacha «Sovet O‘zbekistoni» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasiga boshchilik qildi. 1984-1988 yillarda «Mushtum» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishladi. Keyinchalik «Mehrigiyoh» gazetasini ham boshqardi.

Maqsud Qoriyev adib sifatida 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahalliy matbuotda ko‘rina boshlaydi. Maqsud Qoriyevning «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «Afrosiyob go‘zali» (1974), «Turnalar baland uchganda» (1976), «Qiz uzatib borganda» (1978), «Oy tutilgan tunda» kabi hikoya va qissalar to‘plamlarida yoshlar taqdiri, orzu-armonlari-yu, oila quvonchi, baxti chiroyli, nozik lirik pardalarda kuylanadi. Uning «Spitamen» tarixiy romanida xalqimizning ming yillik milliy ozodlik yo‘lidagi kurashi ishonarli tarzda umumlashtirilgan bo‘lsa, «Ibn Sino» (1995) tarixiy romanida musulmon olamining faylasuf va tabibi, buyuk allomasi haqida hikoya qilinadi.

Maqsud Qoriyev tarixiy mavzularda «Osiyo go‘zali», «Temur haqida hikoyalar», «Yulduzlarda edi xayoli», «Qaytar dunyo», «Tojmahal» singari qator badialar ham yaratgan. Uning «Ezgulikka intilib» essesi ham mohir publitsist ekanidan dalolat beradi. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimidir.

Mustaqillikning yetti yilligida «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimidir.

U tavalludining 80 yilligi arafasida «G‘aznaviylar» nomli yangi tarixiy romanini chop ettirdi.


Lotin alifbosida maqola: Qoriyev Maqsud haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты