Qamchibek Kenja

Shoir va nosir Qamchibek Kenja Andijonning Izboskan tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan.

Bo‘lg‘usi adib yetuklik shahodatnomasini olgach, 1964-1969 yillarda Toshkent davlat universitetining avval jurnalistika, so‘ng filologiya fakultetlarida o‘qigan. «O‘zbekiston madaniyati» (hozirgi «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati») gazetasida ishlagan.

1979 yilda o‘z yurtiga qaytib, maktablarda o‘qituvchilik qilgan.

1980 yildan esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy adabiyotni targ‘ib etish byurosining, Andijon viloyatidagi vakili bo‘lib ishlagan.

1983 yilda yana Toshkentga kelib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1985 yildan shu kungacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limining mas’ul kotibi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Qamchibek Kenja mohir tarjimon hamdir. Ana shu xizmatlari uchun unga «Shuhrat» medali berilgan.

Uning asarlari:

  • 1975 - «Sog‘inch»
  • 1977 - «Yashil barg»
  • 1979 - «Ko‘ngil ko‘chalari»
  • 1981 - «Ishqing tushsa»
  • 1989 - «Orzumandlar»
  • 1993 - «Sohildagi suv parisi»
  • 1992 - «Sohibjamol ayol siri»
  • 1997 - «Muhabbatni gunoh desalar...»
  • 2000 - «Boburiylardan biri»
  • 2001 - «Hind sori» nomli sayohatnomasi

Lotin alifbosida maqola: Qamchibek Kenja haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты