G‘ulom Zafariy

G‘ulom Zafariy o‘zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib o‘rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog‘och dahasiga qarashli Kattabog‘ mahallasida tavallud topgan. Avval eski maktabda, keyin xususiy rus maktabida, Ko‘kaldosh madrasasida ta’lim oldi. 1912-1924 yillarda O‘sh shahrida o‘qituvchilik qildi.

1914 yildan boshlab Toshkentdagi «Turon» truppasida aktyorlik qildi, o‘qituvchi bo‘lib ishladi.

G‘ulom Zafariy 1937 yilda qatag‘onga uchragan ziyolilardan biridir. O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati arxivida saqlanayotgan «delo»ga qaraganda, G‘ulom Zafariy ikki bor hibsga olingan.

Ilk bor OGPU kollegiyasining 1933 yil 21 may qarori bilan «aksilinqilobiy millatchilik faoliyati» uchun uch yilga G‘arbiy Sibirga surgun qilingan. Qaytib kelgach, ikkinchi bor 1937 yilning 28 oktyabrida yana NKVD xodimlari tomonidan hibsga olingan va 1937 yil 4 dekabrda otishga hukm qilingan. Hukm, «delo»da qayd etilishicha, «28 dekabr 1937 yilda ijro etilgan».

G‘ulom Zafariy ijodi 1914 yildan boshlangan bo‘lib, u dastlab o‘z she’rlari bilan taniladi. 1917 yildan «Ishchilar dunyosi» jurnali, shuningdek, bilim yurtlarida faoliyat ko‘rsatadi.

1914 yilda «Baxtsiz shogird» (1914) nomli bir pardali pesa yozadi, keyin «Bahor», «Gunafsha», «To‘sqinchilik», «Yorqinoy», «Rahimli o‘qituvchi», «Mozorlikda», «Maqtangan kishi», «Tatimboy ota» hamda «Cho‘pon Temir» (1924), «Yoshlar endi berilmas» (1926) kabi pesa va dostonlar yaratadi.

G‘ulom Zafariy dramaturg sifatida «Halima» pesasi bilan mashhur bo‘lgan. «Halima» 1920 yilda yozilgan bo‘lib, o‘sha yilning 14 sentyabrida «Turon» truppasida Mannon Uyg‘ur tomonidan sahnalashtirilgan.

Mazkur asar to‘ng‘ich milliy musiqali drama bo‘lib, uning musiqiy bezagini ham muallifning o‘zi mashhur sozanda Shorahim Shoumarov hamda Mulla To‘ychi hofiz yordamida bajargan. Ayni chog‘da, «Halima» o‘z davrida milliy opera sifatida baholangan.

G‘ulom Zafariy o‘zbek milliy kuylari, maqom va maqom sho‘’balarini juda yaxshi bilgan tom ma’nodagi ziyoli edi. Uning «Sharq musiqalari va cholg‘ulari», «Musiqa muammosi», «O‘zbek musiqasi to‘g‘risida» kabi maqolalari shular jumlasidandir.


Lotin alifbosida maqola: G‘ulom Zafariy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Qatag'onlik siyosati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты