Mahmudov Latif

Latif Mahmudov 1933 yilning 1 iyul kuni Toshkent shahrining Mirobod mahallasida tug‘ilgan. 40-o‘rta maktabni tamomlagach, O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga topshiradi. 1956 yil o‘z faoliyatini Respublika radiosida davom ettiradi. 1958 yil bolalar va o‘smirlar dasturinnig yangi tahririyatiga bosh muharrir etib tayinlanadi. Latif Mahmudov ushbu lavozimda 20 yildan ziyod ishlagan va 1979 yildan “Yosh gvardiyachi” nashrining (hozirgi “Yangi asr avlodi”) “Bolalar adabiyoti” bo‘limiga boshchilik qiladi.

Latif Mahmudov ijodiy faoliyatini 1956 yildan boshlagan. U ko‘plab bolalar uchun hikoyalar, sahna asarlar va bir nechta filmlar uchun senariylarning muallifi sifatida taniqdi.

Latif Mahmudoning 30 dan ziyod asarlari nashr etilgan. “Qadrdon ko‘zlar” (1961 y.), “Chinor” (1961 y.) kabilar shoirning ilk kitoblari hisoblanadi. Shunday so‘ng yosh avlod talabiga javob beruvchi, qiziqarli hikoyalar, romanlar va qissalarning keyingi to‘plamlari chop etilgan: “Ikki o‘rtoq” (1963), “Vafo” (1966), “Bolalar shodligi” (1968), “Ikki dangasa sarguzashti” (1970), “Sirli xat” (1974), “Jasur bolalar” (1971), “Qonga yashiringan odam” (1979), “Eski dutor sirlari” (1980). Latif Mahmudov romanlari va hikoyalari asosida bir nechta filmlar suratga olingan, spektakllar sahnalashtirilmoqda.

Latif Mahmudov Respublikaning yirik yozuvchilaridan sanaladi. Uning asarlari juda ommabop bo‘lib, mamlakatimiz yoshlari va o‘smir avlodi tomonidan qiziqish bilan o‘qib kelinadi. Latif Mahmudov kitoblari rus, ukrain, belorus, latish, eston, qozoq va dunyoning boshqa tillariga tarjima qilingan.

Yozuvchining eng ommabop kitoblaridan biri “Tog‘dagi lolalar” hisoblanib, 1984 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan G‘ofur G‘ulom nomidagi mukofot bilan taqdirlangan.

1977 yil Latif Mahmudovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.

2000 yil “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlangan.


Lotin alifbosida maqola: Mahmudov Latif haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты