Mahkamov Abdurahmon Abduqodirovich

Taniqli me’mor Abdurahmon Mahkamov uy-joylar qurilishi, shahar qurilishi va qishloq joylardagi qurilishlar, shuningdek, ayrim tarixiy shaharlarni ta’mirlash loyihalarini boshqargan. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor” deb topilgan, Sharq mamlakatlari me’morchiligining Xalqaro akademiyasi muxbir-a’zosi.

Abdurahmon Mahkamov 1934 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1958 yil O‘rta Osiyo Politexnika institutining qurilish fakulteti arxitektura bo‘limini tugatadi. O‘qishni bitirgach, O‘zbekiston FA Qurilish institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishga kiradi.

U Bekobod shahrining bosh me’mori, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik qurilishi loyihalash instituti hamda O‘zbekiston loyihalash ilmiy-tekshirish va tadqiqot institutida direktor lavozimida ishlagan.

1966 yil arxitektura bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1987 yil doktorlik darajasiga ega bo’lgan.

Qishloq xo‘jalik joylarida, turar-joy va jamoat binolari qurilishi bo‘yicha bir nechta maqola loyihalar muallifi. U 150 ta ilmiy asar yozgan, shuningdek, katta ilmiy ahamiyatga ega 3 ta asar yozgan bo‘lib, mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

Abdurahmon Mahkamov keyingi loyihalar qurilishida ishtirok etgan: Xorazm viloyatidagi Ohunboboyev tumani, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi tajribaviy shaharchalar, “Quyosh”, “Xorazm”, “O‘zbekiston” turar xonadonlari.

1993 yil u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor unvoniga ega bo‘lgan. 1997 yil Sharq mamlakatlari me’morchiligining Xalqaro akademiyasi tarkibiga kirgan, 1999 yil u mazkur akademiyaning muxbir-a’zosiga aylangan.

2002 yilning 16 fevralida olamdan o'tdi.


Lotin alifbosida maqola: Mahkamov Abdurahmon Abduqodirovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты