Anichkin Anatoliy

Anatoliy Anichkin — mashhur kinohujjatchi. U o‘zbek hujjatli filmlari rivojlanishida peshqadam bo‘lgan. Anatoliy Anichkin sovet hujjatli filmining otasi hisoblangan Malik Qayumov rahbarligi ostida, deyarli o‘n besh yil davomida xizmat qilib, Toshkent kinoxronika studiyasining dong‘i ketgan shaxslaridan bo‘lgan.

1930 yil 1 yanvar kuni Moskvada tavallud topgan.

Barchasi 1956 yil, Tolya Anichkin Moskvadan Toshkentga kelib, rus tili va adabiyotidan o‘qituvchilik qilgan yili boshlangan. Anatoliy Antonovichning o‘zi eslashicha, “yo‘nalishini o‘zgartirib, o‘z kuchini jurnalistikada sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan”.

Birinchi qadam “Pravda Vostoka” nashriyotiga borgani bo‘lgan. Bu yerda Anichkin taniqli toshkentlik reporter Georgiy Dimov bilan tanishgan, keyinchalik u O‘zbekistondagi “Xabar” (“Izvestiye”) gazetasining shaxsiy muxbiriga aylanadi. Georgiy Vasilevich yosh mutaxassisga hujjatli kino sohasida muvaffaqqiyat tilaydi.

Yangi hamkasb oz fursat ichida butun studiyaning sevimli xodimi bo‘libgina qolmay, “Uzkinoxronika”ning asoschisi, afsonaviy front operatori va rejissyori Malik Qayumovning o‘ng qo‘liga ham aylanadi. “Avvaliga, men uning oldida hayajonlanardim va sarosimaga ham tushardim, lekin asta-sekinlik bilan Malik Qayumovga o‘rgandim va tez orada ular mening tutingan otamdek bo‘lib qoldidar. Umuman olganda, hatto kinostudiyaning bosh muharriri bo‘lib ham vahimaga soluvchi boshliqdan qo‘rqishim qolmadi”, eslaydi Anatoliy Antonovich.

Aytish joizki, deyarli bir yil ichida Anichkin boshlang‘ich muharrirdan e’tiborli hujjatli filmchi bo‘lib yetishdi. Ko‘plab o‘zbek senariychilari va rejissyorlari uni o‘z ustozi deb bilishadi. Shu bilan birga, Anichkinning barcha hamkasblari Anichkinni ishga yangicha yondashuvini qayd etishadi. U kino olayotganda bu ishni shunchaki qilish emas, balki ichki dunyoni mukammallashtirishga chaqirgan.

“Anatoliy Antonovich menga senariy yozish san’atining hech qanday qonun-qoidalari yo‘q degan”, deya eslaydi taniqli kinodramaturg Stanislav Yeremenkov. Hujjatli kinolarda-ku, umuman hech kim senariy nima ekanligini bilmaydi. Bu - go‘yo qor odam kabi: barcha u haqda gapiradi, lekin hech kim hech qachon uni ko‘rmagan. Shunga qaramay, adabiy asossiz film suratga olinmaydi.

Tolyaning fikricha, senariy, avvalam bor, bo‘lajak tasvir haqida maksimal ma’lumotdir. Shunga qaramay, ma’lumot - timsoliy. Bu haqda u “tasmaning uzunfokusli perspektivasi” deb nomlagan. Eski xronikachilarning ta’kidlashicha, aynan Anichkin haqiqiy hujjatli filmning aniq shaklini yuzaga chiqargan: fakt - timsol - fakt - timsol...

“Darhaqiqat, hujjatli film dramaturgiyasi, badiiy film kabi standart bo‘lmasligi lozim”, deya ko‘p karra takrorlagan Anatoliy Antonovich. - U yangilik bo‘lishi lozim. Va, birinchi navbatda, yangilanish timsoli!

Anichkin ushbu qoidalarni shunchaki gapirmagan, balki o‘zi ham ularga qat’iy rioya qilgan. Anatoliy Antonovichning hatto, alohida ishlangan tasviri yoki ilmiy tasvirlarida ham film mohiyatini aks etib turuvchi o‘sha, eng kerakli timsoli, leytmotivi his qilingan.

1956-1970 yillar O‘zbekistonning hujjatli filmlar ilmiy-ommaviy Kinostudiya birlashmasida muharrir, yetakchi, bosh muharrir bo‘lgan. 1970 yildan SSSR melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi kinokorpunkt senariychisi, SSSR yengil sanoat Vazirligi kinokorpunkt rejissyori, A.A.Anichkin - ko‘plab ilmiy-ommaviy, hujjatli va telehujjatli filmlar muallifi va rejissyori.

“Toshkent doim Toshkent” (1966), “O‘zing bilan suv olib kel” (1969, senariy muallifi), “O‘zbekiston yo‘llari” (1969, senariy muallifi), “O‘n bir va bir” (1970 senariy muallifi va rejissyori), “O‘zbekistonning yengil sanoati” (1974), “SSSRda melioratsiya”, “Do‘stlik va hamdo‘stlik forumi” (1977, senariy muallifi), “Quyoshli o‘lka qo‘shig‘i”, “Qoraqalpoqning qo‘shiq va kuylari” va boshqalar. Bosma nashrlarda o‘zining hikoya va she’rlari bilan qatnashgan.

2014 yil 8 avgust kuni vafot etgan.


Lotin alifbosida maqola: Anichkin Anatoliy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты