Ayzenshteyn Ishiya Abramovich

Ishiya (Aleksandr) Abramovich Ayzenshteyn (1905 yil 22 dekabr — 1986 yil 17 dekabr) — Toshkentning sharafli fuqarosi, shahar timsoliga aylangan Kurant soatining qurilishi tashabbuskori.

A. Ayzenshteyn 1945 yil Ikkinchi Jahon Urushi yillari o‘z xizmatini yakunlar ekan, Kurant soatining mexanizmini Sharqiy Prussiyadagi Allenshtayn nomli kichik shaharchadan olib kelgan. U ozgina urilgan soat mexanizmini qulash havfi tug‘ilgan bino ratushnasidan yechib olgan.

Keyinchalik o‘z polki nomidan serjant I. A. Ayzenshteyn mexanizmni tuzatib, Toshkent shahriga had’ya etgan.

I. A. Ayzenshteyn Toshkent shahrida olamdan o‘tgan va Botkina qabristoniga dafn qilingan.

Shahar me’moriy soat binosi loyihalari o‘rtasida shahar boshqarmasi tanlov o‘tkazgan va unda eng yaxshi loyiha tanlab olindi, u vaqtlar 30 metrlik me’moriy bino noyob sanalgan. Kurant binosi o‘ymalari mashhur ganch ustasi, atoqli rassom-naqqosh, Fanlar akademiyasi fahriy a’zosi usta Shirin Muradov tomonidan bajarilgan. 1947 yil 9 may kuni Toshkentdagi kurant soati ko‘rsatgichlari ishga tushdi. Kurant soati binosiga I. A. Ayzenshteyna nomi yozilgan marmardan yasalgan taxtacha o‘rnatilgan.

Natijada, mohir soatkashga aylanib, I. A. Ayzenshteyna juda ko‘p yillar davomida toshkent kuranti mexanizmini boshqargan, shuningdek, 1966 yilgi yer qimirlashidan keyin ushbu soat tiklanishida faol ishtirok etgan.


Lotin alifbosida maqola: Ayzenshteyn Ishiya Abramovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты