Abu Sahl Masih

Tarjimai holi

Abu Sahl Iso ibn Yahyo al-Masihiy taxminan 970-971 yillarda Jurjonda (shimoliy Eronda) tavallud topgan. Ma’lumotni Bog‘dodda olgan, so‘ngra 995-997 yillar Xorazmga ko‘chib ketadi va 1011 yilga qadar shu yerda yashaydi. Bu yerda u Xorazm Ma’mun akademiyasining ikki buyuk allomasi — Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino bilan yaqindan tanishib qoladi. Buni Masihiy kelgusida Beruniy va Ibn Sinoga bag‘ishlab yozgan kitoblari orqali bilish mumkin. Abu Ali ibn Sino Masihiyni faqatgina do‘st deb emas, balki tibbiyot bo‘yicha ustozidek qabul qilgan. Masihiy Xorazmdan Jurjonga Ibn Sinoni Jurjon hukmdori Qobus ibn Vashmgir saroyiga kuzatib qaytayotganida sahroda olamdan ko‘z yumadi.

Asosiy ilmiy ishlari

Al Masihiy nechta asar yozganligi ma’lum emas. Biroq, manbarga ko’ra, Beruniyga 12 ta asarini bag‘ishlagan bo‘lib, ulardan 3 tasi geometriya, 3 tasi astronomiya, 1-klimatologiya, 1-etika, 1-tilshunoslik, 2-astrologiya, 1-o‘simlikshunoslikka tegishlidir. Afsuski, bu asarlar bizning davrimizgacha yetib kelmagan.

Aniq fanlarga tegishlilari: «Kitob fi mabadi-l-handasa» («Boshlang‘ich geometriya kitobi») - asosan o‘sha vaqtlardagi «Kitob fi sukun al-ard au harakatixa» («Yer harakatlanishi yoki sokin turishi haqidagi kitob»); «Risola fi kavanin as-sina’a» («San’at [astronomiya] qonunlari haqida risola») - X asrlardagi astronomiyaning muhim savollari nazarda tutilgan.

Meditsina sohasiga doir kitoblari orasida eng mashhurlari: «Kutub al-mia fi-s-sina’at at-tibbiya» («Tibbiyot sohasiga doir 100 kitob»), «Risola fi judoriy» («Chechakning vujudga kelish haqidagi ilmiy asar»).

Al-Masihiy olim bo‘lishiga qaramay, she’rlar ham yozib turganligini Beruniyning “Xronologiya” kitobida keltirib o‘tgan she’riy parchasidan ko‘rish mumkin.

Dunyo faniga qo‘shgan hissasi

Masihiy ijodining eng katta mehnatlaridan biri - X-XI asrlarda yozilgan «Tibbiyot sohasi bo‘yicha 100 kitob»bo’lib, tibbiyot bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy savollarga javob beruvchi asaridr. Keyinchalik Ibn Sino o‘zining “Tib qonuni” asarida bu kitobdan keng ma’noda foydalanadi. Mazkur asarning qo‘lyozma nushalari dunyodagi ko‘plab kitob fondlarida saqlanib kelishi, uning ahamiyati va shuhratidan dalolatdir.

Jahon e’tirofi

Masiyning ilm-fanda muhim o‘rin tutganligini, Beruniy va Ibn Sino kabi buyuk aql egalari uni buyuk olim va o‘z ustozlari deb hisoblashganliklari asoslaydi.


Lotin alifbosida maqola: Abu Sahl Masih haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты