Abu Nasr Mansur ibn Iroq

Afrigid xorazmshohlar oilasiga mansub shaxs bo‘lgan. Bizning davrimizgacha juda kam biografik ma’lumotlari yetib kelgan. Ma’lumki, 995 yil Qiyotda (hozirgi Beruniy shahri) yashab ijod qilgan. Xorazmshoh Ma’mun akademiyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Mansur ibn Iroq Abu Rayhon Beruniyga o‘sha zamonlarda ham murabbiy, ham ustozlik qilgan. Ibn Iroq yosh daho shogirdiga kerakli barcha bilimlarni berib, o‘zining bir nechta risolasini xali yosh Abu Rayhon Beruniyga bag‘ishlaydi. 

1017 yil Ibn Iroq va uning yaqin shogirdi Abu Rayhon Beruniy bilan Sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan G‘aziy shahriga yuborilib, u yerdagi saroyda umrining oxiriga qadar yashab, ijod qiladi. 1025 yil olamdan ko‘z yumadi.

Asosiy ilmiy ishlari

Ibn Iroqning asosiy аstronomik asarlari “Shaxsiy Almages” yo’qolgan.

Bundan tashqari, u arab tilidagi asarlar muallifi ham hisoblanadi, jumladan:

“Yettiburchakni yasash haqidagi kitob” - geometrik tuzum asoslari bayon qilingan ish;

“Menelay” “Sferiki”ga “Izoh” - Menelayning sferik uchburchaklari nazariyasini isbotlarga bag‘ishlangan asar;

“To‘g‘ri burchakli va qiyshiq burchakli uchburchak uchun sinuslarning yassi va sferik teoremasi kitobi” - sferik trigonometriyaning yaratilish tarixi izohlangan hamda sinuslar teoremasining bir nechta isboti keltirilgan ish;

“Azimutlar kitobi” - astronomik kuzatuvlar bayon qilingan asar;

“Azimutal aylanalar va astrolyabiyalarni o‘tqazish kitobi” - astrolyabiyani o‘rnatish va undagi astronomik kuzatuvlarda foydalanish bo‘yicha qo‘llanma;

“Fazo yoylarini egallash bo‘yicha risola” - sferik geometriya asoslari kengaytirilgan ish.

“Geometriyaga oid savollarga javoblar risolasi” - yassi hamda sferik geometriya asoslari kengaytirilgan ish.

Abu Nasr Iroqning matematikaga qo‘shgan hissasi

1. Sferik matematikaga ulkan hissa qo‘shgan, sferik trigonometriya fanining asoschisi hisoblanadi.

2. U tomonidan ilk bora tekis va yassi sinus teoremasi shakllantirilgan.

Dunyo tan olishi

Abu Nasr Iroqning dunyo faniga qo‘shgan hissasi Paul Lyuk (Germaniya), E. Kennedi (AQSh), Yu. Samso (Ispaniya), K. Iyensenom (Gollandiya) va boshqalar tomonidan yuqori baholangan. Uning “Geometriyaga oid savollarga javoblar risolasi” 1910 yil G. Zyuter tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan va nashrdan chiqarilgan.


Lotin alifbosida maqola: Abu Nasr Mansur ibn Iroq haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
BERUNIY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты