Obidov Zohidjon

Zohidjon Obidov (1923-1996) - o‘zbek shoiri, tarjimon, urush qahramoni (ayrim manbalarda Zohidjon Obidov deb yuritilgan). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Urush qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, shoir Zohidjon Obidov 20 dan ziyod she’riy to‘plamlar muallifidir. Uning ba’zi she’rlari kuyga solingan, boshqalari esa komediya janrining sevimli asarlariga aylangan. Zohidjon Obidovning she’rlari zamon va zamondoshlarning o‘y-fikrlarini ifoda etgan. U 1923 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, oliy o‘quv yurtiga emas, frontga - jangga otlandi. Leningrad bo‘sag‘alarida bo‘lgan janglarda yarador bo‘lib ona yurtiga qaytdi.

Tez orada, Toshkent Davlat universitetiga o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlagach, Namangan pedagogika institutida dars beradi. Ayni chog‘da viloyat Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan. Toshkentga qaytgach, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, G‘afur G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san’at» nashriyotida hamda «Mushtum» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.

Zohidjon Obidov 1996 yilning 5 avgustida vafot etgan.

Zohidjon Obidov M.Lermontov, T.Shevchenko, M.Bajan, R.Hamzatov kabi mashhur shoirlarning asarlarini ham o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Zohidjon Obidov 50-yillardan boshlab shoirlik faoliyatini boshlagan. Shoirning 20 dan ziyod she’riy to‘plamlari nashr qilingan. Jumladan,

«Yaxshi niyat» (1957),

«Yangi oyning o‘rog‘i» (1961),

«Oshiqko‘ngil bilan» (1963),

«Xitoydan sovg‘a» (1963),

«Tong yulduzlari» (1964),

«Sening izlaring» (1965),

«Ko‘ngil navosi» (1968),

«Handalarim» (1969),

«Umid to‘lqinlari» (1972),

«Yurakdagi mavjlar» (1973),

«Kuygan kuyov» (1973),

«Tanlangan asarlar» (1974),

«Talpinur dil» (1977),

«Qo‘lingni ber» (1979),

«Ko‘ngil taronasi» (1983),

«Kuyla, dilkash dutorim» (1984),

«Dilrabosan» (1984),

«Baxshida» (1985),

«Senga talpinaman» (1990),

«Qanotli qo‘shiqlar» (1991) kabi kitoblari nashrdan chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: Obidov Zohidjon haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ensiklopediya fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT


Комментарии 1

Қилич
Ок кайин шери муаллифи Зохиджон Обидов ми?
16 августа 2023 10:59

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты