Habibulla Akbarov

Habibulla Asatovich Akbarov (1936.24.3, Toshkent) – geolog olim. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademik (1994). Geol.-mineralogiya fanlari direktori (1986), prof. (1992). Oʻrta Osiyo politexnika institutining geol.-qidiruv fakultetini tugatgan (1958). Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo institutida sektor mudiri (1968-79), boʻlim mudiri (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987–91). 1992–96 yillarda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu universitet foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1997-yildan). A.ning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo boʻlish va joylashish qonuniyatlarini oʻrganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. As.Tabiiy muhitni muhofazalashning geologiya asoslari, T., 1996 (hammuallif).


Lotin alifbosida maqola: Habibulla Akbarov haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
YER
AKBAROV Habibulla Asatovich
GEOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты