Ravshan Sobirov, Tohir Sulton - Yosh yurak

[Tohir Sulton]
Vaqti keldi, yig` aqling,
Hozir sening pok qalbing.
Behuda tuyg`ularga
Boy berma yoshlik davring.

[Ravshan Sobirov]
Senda bordir qobiliyat,
Senda bordir kuch-quvvat,
Harakatdan to`xtama,
Seniki bo`lar omad.

Xalqing quvonchi sensan,
Umid-ishonchi sensan.
Vataning ertasi-yu
Tonggi quyoshi sensan.

[Ravshan Sobirov va Tohir Sulton]
Ilmga to`lsin yurak,
Bilimga to`lsin yurak,
Yo`lda davom et, seni
Kutar baxtli kelajak.

Noto`g`ri qadam bosib,
O`z yo`ling qo`yma to`sib.
Buyuk ajdodlaringga
Avlod bo`lgin munosib.

Avlod bo`lgin munosib…

[Tohir Sulton]
Qo`lda imkoning bordir,
Tiniq osmoning bordir.
Baxting sababi – sening
O`zbekistoning bordir.

[Ravshan Sobirov]
Otang ko`rsin kamoling,
Onang ko`rsin iqboling.
Iltilganga tole’ yor,
Balanddadir imkoning.

Xalqing quvonchi sensan,
Umid-ishonchi sensan.
Vataning ertasi-yu
Tonggi quyoshi sensan.

[Ravshan Sobirov va Tohir Sulton]
Ilmga to`lsin yurak,
Bilimga to`lsin yurak,
Yo`lda davom et, seni
Kutar baxtli kelajak.

Noto`g`ri qadam bosib,
O`z yo`ling qo`yma to`sib.
Buyuk ajdodlaringga
Avlod bo`lgin munosib.

Avlod bo`lgin munosib… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ulug'bek Rahmatullaev - Seniki
Zohirshoh Jo'raev - Yig’layverma
Nilufar Usmonova, Salih - Omad yor bo’lsin
Ravshan Sobirov - Ishon o’zingga
Nargiz - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты