Muhammad Karim Soipov - Voy alamjon

Yot uyida “yor-yor” bo`ldi, voy alamjon, jon alam,
Yor o`zgaga yor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.

Yorga ohim yetmasmu, vidolashib ketmasmu, {x2}
Yangalar hushyor bo`ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}

Va’da bergan gul qolsin, ishongan bulbul o`lsin,
Muhabbat bozor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.

To`yga borganlar aytsin, yorni ko`rganlar aytsin, {x2}
Kimga kim ko`p zor bo`ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}

Ado bo`ldi Mug`anniy, gado bo`ldi Mug`anniy, {x2}
Suyanganim tor bo`ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}

Qochgani yo`l ko`p edi, cho`kkani ko`l ko`p edi, {x2}
Ayriliq shior bo`ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}

Ayriliq shior bo`ldi, voy alamjon, jon alam… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shohjahon Jo'raev - Bitta bo’lsin
Alisher Fayz - Voy-voy
Nargiz - Yor-yor
Yahyobek Mo'minov - Begoyimlar
Anvar Sobirov - Bulbul


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты