Jasur Mirsagatov - O’zbek bolasi

Ko`k dalam, ko`m-ko`k dalam,
Ozod diyorim dalasi.
Bir tomon qaynar buloq,
Bir yonda oyning shu’lasi.

Bunda bulbul chaxchahi,
Bunda qumri nolasi,
Handalak hidi bilan
Ulg`aydi O`zbek bolasi.

O hayot, gulgun hayot,
Hamisha bor bo`lgin hayot.
Baxtima ko`z tegmasin,
Menga yor bo`lgin hayot.

Tarqalibmas, to`planib,
Jamlanib har jolasi,
Bir tanu, bir jon bo`lib,
Ko`paydi O`zbek bolasi.

Parcha yer, parcha bulut,
Parcha osmonga shukur.
Menga taqdir tuhfasi
Nurli makonga shukr.

Tushmagay, to`kilmagay
Sochlaring bir tolasi,
Yurt uchun hech narsadan
Qaytmaydi O`zbek bolasi.

O hayot, gulgun hayot,
Hamisha bor bo`lgin hayot.
Baxtima ko`z tegmasin,
Menga yor bo`lgin hayot.

Tarqalibmas, to`planib,
Jamlanib har jolasi,
Bir tanu, bir jon bo`lib,
Ko`paydi O`zbek bolasi.

Biz ahil, olam ahil,
Gulu-giyohlar ahil.
Tog`dagi toshlar ahil,
Bog`da yaproqlar ahil.

Xush erur shotutlaring,
Suv bo`yida soyasi.
Tut beshiklar bag`rida
Ulg`aydi O`zbek bolasi.

Ko`k dalam, ko`m-ko`k dalam,
Ozod diyorim dalasi.
Bir tomon qaynar buloq,
Bir yonda oyning shu’lasi.

Dala to`la belanchak,
Oftob uning doyasi.
Ko`k dalada rizq terib,
Xalq bo`ldi O`zbek bolasi.

Biz ahil, olam ahil,
Gulu-giyohlar ahil.
Tog`dagi toshlar ahil,
Bog`da yaproqlar ahil.

Tarqalibmas, to`planib,
Jamlanib har jolasi,
Bir tanu, bir jon bo`lib,
Xalq bo`ldi O`zbek bolasi.

Biz ahil, olam ahil,
Gulu-giyohlar ahil.
Tog`dagi toshlar ahil,
Bog`larda yaproqlar ahil.

Tarqalibmas, to`planib,
Jamlanib har jolasi,
Bir tanu, bir jon bo`lib,
Xalq bo`ldi O`zbek bolasi.

Ahil bo`lgin xalqim!

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bahrom Nazarov - Qora bulut
Dj Piligrim - Badanni bo’sh tut
Jasur Mirsagatov - Go’zalim bahor
Siddiq Mahmudov - Majnuntoldek (Nurli)
Dj Piligrim - Ahil bo’laylik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты