Tangrim istamasa, yaproq tushmasmish,
Qush qanot qoqmasmish, ko`kda uchmasmish. (x2)
Jon ato neki bor, kuni bitmasmish,
Tangrim istamasa, inson o`lmasmish. (x2)
Dardli-dardli hasratim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo.
Tangrim bergan qismatim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo. (x2)
Men o`zim bilaman ko`nglim dardini,
Jon berib saqladim jonim qadrini. (x2)
Qadamimda yutib ag`yor zahrini,
Bahorlarimda ham quchoqladim qish. (x2)
Dardli-dardli hasratim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo.
Tangrim bergan qismatim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo. (x2)
O`zingni bilgin-u o`zgani qo`ygin,
Shoh bitta, sen esa qulliging bilgin. (x2)
O`zingni unutib, O`zini suygin,
Suyganini Alloh harob etmasmish. (x2)
Dardli-dardli hasratim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo.
Tangrim bergan qismatim,
Jahannamim, jannatim dunyo, dunyo. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: