Sevara Nazarkhan, Shahzod guruhi - Bir kam dunyo

[Elyor Nosirov]
Ko`ngil ufqqa intilar,
Cheksiz orzu umidlar.
Yozib hayot asarin,
Tangrim bizga tikilar…

[Sevara Nazarxon]
Gohida g`am, goh quvonch,
Allaqanday tashvishlar.
Gohi gumon, goh ishonch,
Qalb qafasin to`ldirar.

[Rashid Xoliqov]
O`zimizga ishonib,
Goh kibrga boramiz.
Musibat yetgan chog`da
Zaif titrab qolamiz.

[Sevara Nazarxon]
Bu hayot dengizida
Biz misli bir tomchilar.
[Rashid Xoliqov]
Har tomchi amalidan
Dunyo to`ri to`qilar.

[Rashid Xoliqov]
Bir kam dunyo – shod-xurramlik,
G`am-qayg`u unda birga turar.

[Sevara Nazarxon]
Bir kam dunyo – yaxshilik va yomonlik
Mudom baxsin surar.

[Rashid Xoliqov]
Bir kam dunyo – sinovingdan o`tishga
Har kim madad, najot tilar.

[Sevara Nazarxon]
Muhabbat shirin og`u,
Ishq quliga aylanib.
Bevafoning ahdiga goh
Qolamiz aldanib.

[Rashid Xoliqov]
Mashaqqatli bu hayot,
Aslida bir muallim.
Xom sut emgan bandalar
Undan olmaymiz ta’lim.

[Sevara Nazarxon]
Baxt, boylikka cho`mganda
Yo`qotamiz halovat.
[Rashid Xoliqov]
Dunyo bir kamligiga
Hech qilolmaymiz toqat.

[Sevara Nazarxon va Rashid Xoliqov]
Bir kam dunyo – shod-xurramlik,
G`am-qayg`u unda birga turar.
Bir kam dunyo – yaxshilik va yomonlik
Mudom baxsin surar.
Bir kam dunyo – sinovingdan o`tishga
Har kim madad, najot tilar. (x2)

Najot tilar…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Tohir Mahkamov - Biz uzoqroqqa boramiz
Yulduz Turdieva - Topa olmaymiz
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Lola, Shahzod guruhi - Hayot davom etar
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты