Xurshid Rasulov - Ayol makri

Tuhmat toshin otishganda chidagandim,
Chin do`stlarim sotishganda chidagandim,
Turtib, bosib o`tishganda chidagandim,
Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man. (x2)

Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man.

Shamollarda sovurdilar qadrimni, oh,
Yolg`onlarda qovurdilar bag`rimni, oh,
Yuragimni xiyonatlar charchatgan chog`
Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man. (x2)

Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man.

Ilon zahrin tutgan ekan til uchida,
Xiyonatni yashirganda kulgichida,
Tashlab ketdi Ahadni u g`am ichida,
Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man. (x2)

Tuhmat toshin otishganda chidagandim,
Chin do`stlarim sotishganda chidagandim,
Turtib, bosib o`tishganda chidagandim,
Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man. (x2)

Chidolmadim bevafoning zahriga man,
Topolmadim davo ayol makriga man.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Sultonposhsha O’dayeva - Oq ilon
Yulduz Usmonova - Ayol
Tohir Usmonov - Bor ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты