Bukilsang sinasan,
To`kilsang inasan,
Egilsang bosarlar,
Bo`y bersang osarlar.
Dunyo qiziq, odamlar qiziq. (x2)
Odil bo`l, lek adolat kutma,
Yaxshiliging qaytmas, unutma.
Mard bo`l, ammo mardni qidirma,
Hamdard bo`l, hamdardni qidirma.
Dunyo qiziq, odamlar qiziq.
Vafo qilib, jafo toparsan,
Fido bo`lib, jazo toparsan.
Rostni desang, do`sting ham kechar,
Zimdan senga kafanlar bichar.
Dunyo qiziq odamlar qiziq.
Otda yursang, poying o`parlar,
Poyingdagi loying o`parlar.
Gar yiqilsang, har yon qocharlar,
G`iybatingga olov socharlar.
Dunyo qiziq, odamlar qiziq.
Davlating bor – to`rlar seniki,
Ne-ne kibor, zo`rlar seniki.
Davlating yo`q – so`zing o`tmaydi,
Kunduzi ham ko`zing o`tmaydi.
Dunyo qiziq, odamlar qiziq.
Dunyo qiziq, odamlar qiziq…
Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: