Sherali Jo'rayev - Gul ichida uchratdim

Gul ichida uchratdim,
Misli guldek jamoling,
Kuydirmagin nigorim,
O`zi kuygan bu jonim.

Gul ichida gulmisan
Yoki shirin tilmisan?
Yo gullarning ichida
Sayragan bulbulmisan?

Gul ichida gul bo`lsang,
Bulbuling man bo`loyin,
Agar sen bulbul bo`lsang,
Bog`da guling bo`loyin.

Beri kelgil ey go`zal,
Sevgi izhor etayin,
Beri kel so`zi asal,
Jamolingga to`yoyin.



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - Kel, ey yorim, nigorim
Hosila Rahimova - O’loyin
Ummon - Kel
Alijon Isoqov - O’zbegim qizlari
Anvar Sanayev - Bog’da uchratdim sani


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты