Yulduz Turdieva - Vatan

Yomg`ir yog`ar shitirlab,
Nurmi, ipak tolalar.
Bahor kelsa qiqirlab,
Qirga chiqar lolalar.
Lolalar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?

Bizning bo`ston qayda bor,
Shohimardon qayda bor?
So`lim Surxon qayda bor,
Samarqandnon qayda bor-a,
O`zbekiston qayda bor?!

Qalbga taskin izlasang,
Turg`un cholni so`ragin.
“Tanovor”ni tinglasang,
Sel bo`ladi yuraging.
Navolar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?

Bizning bo`ston qayda bor,
Shohimardon qayda bor?
So`lim Surxon qayda bor,
Samarqandnon qayda bor-a?
O`zbekiston qayda bor?!

Ko`ringanni duolar
Qilar bizda momolar,
G`animga ham omonlik
Tilar bizda momolar.
Momolar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?

Bizning bo`ston qayda bor,
O`zbekiston qayda bor?!
So`lim Surxon qayda bor,
Samarqandnon qayda bor-a?
O`zbekiston qayda bor?!

O`zbekiston…

Ko`kni bulut o`raydi,
Yerni yomg`ir allalar,
Rayxon hidin taraydi,
Donga intiq dalalar.
Dalalar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?

Saman yo`rg`a yer chizib,
Toshda omoch sirg`alar,
Oqar oyni oqizib,
Jildir-jildir jilg`alar.
Jilg`alar har joyda bor,
Bizda bori qayda bor?



Бошка кушик матнлари:


Jasur Umirov - Og’alar
Bahrom Nazarov - Qora bulut
Jo'rabek - Lolalar
Ahmadjon Tojiboyev - Vatan
Surxon guruhi - Sirg’ali qiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты