Netay, shafqatsiz falak orqasiga aylandi,
G`amga qolib bu yurak qayg`ularga boylandi.
Ishonchimning ko`ksi qon, sevgilim tonib ketdi,
Qo`llarida suratim chidolmay yonib ketdi.
Gulim, gulim, gul desam, tikonlari bor ekan,
Nurli-nurli yo`l desam, zulmat-u ozor ekan.
Gulim, gulim, gul desam, tikonlari bor ekan,
Nurli-nurli yo`l desam, zulmat-u ozor ekan.
Ko`zlarimga termulib, degandi “siz yolg`izim”,
Bevafoga dil berib, so`ndi-ku ishq yulduzim.
Dilimda so`nggi sabr, ishq yo`li tanho qoldim,
Bevafoni bir umr, mayli, Xudoga soldim.
Gulim, gulim, gul desam, tikonlari bor ekan,
Nurli-nurli yo`l desam, zulmat-u ozor ekan.
Gulim, gulim, gul desam, tikonlari bor ekan,
Nurli-nurli yo`l desam, zulmat-u ozor ekan. (x1+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: