Doniyor Fayz - Go’zallardan ziyoda

Go`zal bordir go`zallardan ziyoda,
Uning xizmatida turging keladi. (x2)
Odobli, ikromli, xushxulq, ozoda,
To o`lguncha birga yurging keladi. (x2)

Go`zal bordir uzun bo`yli, yoqimli,
Qorong`u kechada tushar yolqini. (x2)
So`zlagan so`zlari bari bol kabi,
Qayda bo`lsa topib olging keladi. (x2)

Go`zal bordir kunda ko`rsang arziydi,
Qora zulfin kunda o`rsang arziydi. (x2)
Xazinangni to`kib bersang arziydi,
Uning savdosida bo`lging keladi. (x2)

Go`zal bordir uzun bo`yli, yoqimli,
Qorong`u kechada tushar yolqini.
So`zlagan so`zlari bari bol kabi,
Qayda bo`lsa topib olging keladi.

So`zlagan so`zlari bari bol kabi,
Qayda bo`lsa topib olging keladi. {x2}
To o`lguncha birga yurging keladi…



Бошка кушик матнлари:


Alisher Fayz - Qoshi qora
Botir Qodirov - Vatan
Sarvar va Komil - Raqs tushar
Nasiba Abdullaeva - Bari gal
Sarvar va Komil - Navro’z


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты