Ozoda Nursaidova - Orzularim

Kulgichimga botib ketgan kulgularim,
Kiprigimdan o`tolmagan uyqularim,
Beozorim, yaralgan ohularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim.

Orzu, orzularim,
Qayg`u, qayg`ularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim.

Sariq yaproq yuzingizning rangimidi?
Hasratingiz yuragimning zangimidi? (x2)
Mozoringiz men sho`rlikning bag`rimidi?
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2)

Orzu, orzularim,
Qayg`u, qayg`ularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim.

Bermagayman sizni armon qo`llariga,
Kuy bo`lasiz baxtning biyron tillariga, (x2)
Yo`llagayman sizni jannat yo`llariga,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2)

Orzu, orzularim,
Qayg`u, qayg`ularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim.

Orzu, orzularim…



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Yaralgan
Adham Soliyev, Ozoda Nursaidova - Mehmonim
Og'abek Sobirov, Ozoda Nursaidova - Yaxshisini topmaysiz
Iroda Iskandarova - Yigit
Shohjahon Jo'raev - Keraksan (2020)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты