Shuhrat Qayumov - Siz o’shamu

Yulduzim deb izlaganim,
Armonlarda bo`zlaganim,
Kecha-kunduz so`zlaganim,
Siz o`shamu, siz o`shamu? (x2)

Olislardan topmaganim,
Ammo aslo tonmaganim,
O`ylab-o`ylab qonmaganim,
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim, deya kutgan,
Siz o`shamu, siz o`shamu? (x2)

Tushlarimga kirib yurgan,
Yulduzlarday yonib turgan,
Meni o`ylab xayol surgan,
Siz o`shamu, siz o`shamu? (x2)

Qolmang deyman zavolimga,
Jamolingiz xayolimda,
Dilim dardi savolimda,
Siz o`shamu, siz o`shamu?

Peshonamga taqdir bitgan,
Yuragimni abgor etgan,
Otabegim, deya kutgan,
Siz o`shamu, siz o`shamu? (x2+x2)

Siz o`shamu… Siz o`shamu…



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Xo'ja guruhi - Mening sevgim
Ozodbek Nazarbekov - Bu kecha
Alisher Fayz - Uch kecha-kunduz
Shuhrat Qayumov - Otmagay tong


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты