Manzura - Bevafo

Baxtga to’lib o’zga qiz,
Bugun senga yor bo’lar,
Mening kuygan yuragim,
Bir umrga zor bo’lar.

Kuyovlik libosida,
Shodon kulib turarsan,
Menga endi, sevgilim,
Sen begona bo’larsan.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, sevgandim seni men.
Ko’zlarimda yosh, zor qoldim yig’lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o’ylab men.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, jonim, sevgandim seni men.
Ko’zlarimda yosh, zor qoldim yig’lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o’ylab men.
Yolg’iz men.

Zor aylading sevgimni,
Meni aldab bag’ritosh,
O’zgacha yor bo’larsan,
Botar qalbimda quyosh.

Sen shodonsan, baxtiyor,
Mening ko’zlarimda yosh,
Senga vafodor bo’lsin,
Yoningdagi qalamqosh.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, sevgandim seni men.
Ko’zlarimda yosh, zor qoldim yig’lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o’ylab men. (x2)

Ko’zim yoshlanib, yuragimda alamlar,
Dillarimni yoqib ketarsan, meni unutibsan.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, jonim, sevgandim seni men.
Ko’zlarimda yosh, zor qoldim yig’lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o’ylab men.

Nega bevafo, aldading meni sen?
Jonimdan ortiq, ey, sevgandim seni men.
Ko’zlarimda yosh, zor qoldim yig’lab men,
Kechalari tanho, sevgimni o’ylab men.
Yolg’iz men.



Бошка кушик матнлари:


Ulug'bek Rahmatullaev - Devona aylading
Shoxrux - Hayr bevafo
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Safiya Saftarova - Sevgilim
Doniyor Fayz - Vafodor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты