Yalla ansambli - Toshkentim onam

Bu gulshan soz ekan, soz,
Ustiga soz etgani keldik.
Bu gulshan nomi O’zbekistondir,
Seni kuylab, sarafroz etgani keldik.

Buncha yaxshi bo’lmasang, (x2)
Toshkanim – onam, (x3)
Seni bir pas ko’rmasam,
Ko’zlarimda nam.

Kimsan o’zing, nimasan, (x2)
Sehrgarmisan? (x3)
Bunchalar qiynamasang,
Zulfizarmisan?

Yurolmadim yiroqda
Seni sog’inib,
Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Sensiz xayolim, holim, (x2)
Parokandadir. (x3)
Qayda bo’lsam xayolim,
Ko’nglim sendadir.

Buncha yaxshi bo’lmasang, (x2)
Toshkanim – onam, (x3)
Seni bir on ko’rmasam,
Ko’zlarimda nam.

Yurolmadim yiroqda
Seni sog’inib,
Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.

Bamisoli firoqda
Yonib, oh urib.



Бошка кушик матнлари:


Mahmud Namozov - Toshkentim
Oybek va Nigora - Toshkentim
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Yalla ansambli - O’zbekiston Vatanim
Bojalar guruhi, Ziyoda - Popuri


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты