Nargiz - Nargiz

Men yuzi ko’zgusiga soyangiz tushgan Nargiz,
Ko’zim nigoron bo’lib, xayolim uchgan Nargiz.

Go’yo topdim muhabbat gulshanidan bir maskan, aha-hey,
O’sha men – har kecha yor suratin quchgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.

Garchi gulzorda ko’pdir ziynat topgan lolalar,
Siz uchun guldastadir orziqib kutgan Nargiz.

Fosh etolmay, sevgisin yashirib gulshan aro, aha-hey,
Men o’sha – bilarsiz deb g’amlarni yutgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz.

Kelib ko’rsin, zulfimning zarri parishon, netay,
Man ham ul kabi zorman, o’zin unutgan Nargiz.

Komiljon baxshi erur ruhi xayron Nargizga, aha-hey,
Jon sadqa joningizga, yo’lingiz kutgan Nargiz.

Oh hargiz, xabar olmaysiz hargiz,
Xabar olmaysiz hargiz. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Jo'rabek - Lolalar
Ulug'bek Rahmatullaev - Alvon lolalar
Sanjar Xoliqov - Lolalar
Leyla - Yor-yor
Hosila Rahimova - Elim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты